Oʻzbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi oliy darajadagi faol muloqotlar va tizimli ishlar natijasida aloqalar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.
Bu kabi yaqin munosabatlar ikki tomonlama doʻstlik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlashi alohida eʼtirof etildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi koʻrib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi loyihalarni yanada kengaytirishga ahdlashib olindi.
Yetakchilar global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
O'xshash yangiliklar
Prezidentimiz yoʻl xoʻjaligi sohasidagi yangi ilmiy-amaliyot markazini koʻzdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining ilmiy-amaliyot markaziga tashrif buyurib, muassasa faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Qoʻriqlash xizmatlari sifatini oshirish va qamrovini kengaytirish choralari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qoʻriqlash xizmatlari sifati va qamrovi darajasini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Oʻmon, Iordaniya va Turkiya bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish choralari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, 2027-yilda mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.