Oʻzbekiston Prezidenti BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Suhbat avvalida BAA Prezidenti mamlakatimiz yetakchisini tavallud kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq va farovonlik, sharafli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va davomiy ravnaq tiladi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va BAA strategik sheriklik aloqalari mustahkamlanib borayotgani, yirik qoʻshma loyihalar jadal amalga oshirilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Faol siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar yoʻnalishlarda koʻp qirrali hamkorlikni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.
Ikki davlat yetakchilari mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb hamda kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
O'xshash yangiliklar
Andijonda toʻqimachilik sanoatiga sunʼiy intellekt va dual taʼlim joriy etilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Eco Cotton” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Andijon xalqaro aeroporti rekonstruksiyasining ikkinchi bosqichi jadal davom etmoqda
Andijon xalqaro aeroporti zamonaviy qiyofa kasb etib, uning imkoniyatlari kengaymoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi mazkur obyektda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshlandi.
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.