O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan Seul shahrida o‘tkazilgan tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik va Bosh vazir Xan Son Suk, Koreyaning yetakchi kompaniyalari hamda moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston – Koreya biznes-forumi doirasida qo‘shma loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi, salmoqli kelishuvlar paketi imzolandi.
Davlatimiz rahbari birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etib, hamkorlikning beshta strategik yo‘nalishi bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi. O‘zbekiston Prezidenti ushbu formatdagi birinchi biznes sammitda ham so‘zga chiqdi.
Tashrif doirasida Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tadbirlar yakunlangach, aeroportda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
O'xshash yangiliklar
Davlatimiz rahbari birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” biznes sammitida ishtirok etdi
Seul shahriga tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” biznes sammitida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatidagi hamkorlikning beshta strategik yoʻnalishi boʻyicha takliflarni ilgari surdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Seul shahrida birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqi
Hurmatli Li Chje Myon Janobi Oliylari! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!