Oʻzbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.
Turkmanboshi shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi 8-oktabr kuni Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida, 9-oktabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Tadbirlar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.
O'xshash yangiliklar
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Oʻzbekiston – Rossiya Hukumatlararo komissiyasi va Hududlar kengashining navbatdagi yigʻilishlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.