Ozarbayjon Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida 23-avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida 23-avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldilar.
Ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishini oʻtkazadilar.
Sammit davomida salmoqli hujjatlar toʻplamini imzolash hamda qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.