Muqobil energetika sohasidagi loyihalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga energetika sohasidagi vazifalarning borishi va yangi loyihalarning amalga oshirilishi xususida ma'ruza qilindi. justify;">Aholining energiya resurslariga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida har yili ko'plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Ana shunday sa’y-harakatlar samarasida keyingi besh yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish 30 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt/soatga yetdi.
Mamlakatimizda 2035-yilga borib elektr energiyasi iste’moli 121 milliard kilovatt/soatga yetishi taxmin qilinmoqda. Bu borada hozirdan boshlab barcha sohalarda energetikani rivojlantirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. 2030 yilga borib jami ishlab chiqarishdagi “yashil” energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Gidroenergetika va atom energetikasi eng istiqbolli yo‘nalishlar hisoblanadi.
Xususan, 2025-2026-yillarda 2025-2026-yillarda mikro gidroelektrostansiyalar, 2 mikro gidroelektrostansiyalar qurish rejalashtirilgan. umumiy quvvati 167 megavatt Ushbu inshootlar yiliga 500 million kilovatt-soat toza energiya ishlab chiqarish va 151 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Qurilish bosqichida 1200 nafar, foydalanishga topshirilgandan so‘ng 520 nafar doimiy ishchi-xizmatchilar jalb etiladi.
Energetika vaziri joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Joriy yilda umumiy quvvati 65 megavatt bo‘lgan 1185 ta mikro GESni ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi tadbirkorlar hisobidan amalga oshiriladi.
Kelajakda asosiy manbalardan biri sifatida atom energiyasidan foydalanish ham rejalashtirilgan. Ayni paytda kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Loyihani ishlab chiqishdan tortib to ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlar ilg‘or jahon tajribasi va xavfsizlik talablaridan foydalangan holda Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlikning (MAGATE) qattiq nazorati ostida o‘tkaziladi.
O‘zatom agentligi rahbari erishilgan kelishuvlar, muzokaralarning borishi va loyihani amalga oshirish haqida ma’lumot berdi. ob'ektlarni ishga tushirish va aholi va sanoat tarmoqlarini qo'shimcha energiya bilan ta'minlash
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.