O‘zbekiston va Armaniston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi
2026-yil 7-sentabr kuni Yerevan shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Armaniston Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 7-sentabr kuni Yerevan shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Armaniston Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Armaniston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mnasakan Safaryan rahbarlik qildi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi har tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi. Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar davomida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
Tomonlarning ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish hamda xalqaro maydonlardagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga umumiy sodiqligi tasdiqlandi.
Sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, turizm va ta’lim sohalaridagi mavjud salohiyatdan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama kun tartibining keng ko‘lamli masalalari bo‘yicha amaliy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida yaqin muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston Prezidentining tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahrida davlatimiz rahbarining Serbiyaga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.
Qatar Davlati Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi, Sivilizatsiyalar ittifoqi qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvga oid
2026-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi hamda ushbu davlatning Sivilizatsiyalar ittifoqi qo‘mitasi raisi Ahmad bin Hasan Hammadiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston – Serbiya: sanoat kooperatsiyasining yangi geografiyasi
O‘zbekiston–Serbiya iqtisodiy munosabatlarida kompaniyalarning hamkor mamlakat bozoriga o‘zaro kirib borishiga asoslangan yanada chuqurroq model shakllana boshlamoqda.