Pokiston kompaniyalari Navoiy viloyatini Markaziy Osiyo bozori uchun yangi farmatsevtika xabi sifatida ko‘rmoqda
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev va Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasi Karachi shahriga tashrifi doirasida Pokistonning yetakchi «The Searle Company Limited» va «Getz Pharma» farmatsevtika kompaniyalariga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev va Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasi Karachi shahriga tashrifi doirasida Pokistonning yetakchi «The Searle Company Limited» va «Getz Pharma» farmatsevtika kompaniyalariga tashrif buyurdi.
Xususan, «The Searle Company Limited» bosh direktori Tohir Ahmed bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar sezilarli darajada faollashgani, o‘zaro ishonch va manfaatli hamkorlik muhiti shakllanayotgani alohida taʼkidlandi. Shuningdek, tomonlar farmatsevtika sohasini istiqbolli va yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan tarmoq sifatida baholab, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish zarurligini qayd etdilar.
O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyo farmatsevtika bozorining jadal o‘sib borayotgani alohida urg‘ulandi. Xususan, O‘zbekiston farmatsevtika bozorining hajmi hozirgi kunda taxminan 3 milliard AQSH dollarini tashkil etmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi esa 120 milliondan ortiq aholini qamrab olgan yirik isteʼmol bozori hisoblanadi. Shu bilan birga, dori vositalari importi hajmi 4 milliard dollardan ortiq bo‘lib, bu mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi.
Muzokaralar chog‘ida Navoiy viloyati ushbu hamkorlikni amalga oshirish uchun eng maqbul hududlardan biri sifatida taqdim etildi. Viloyatda erkin iqtisodiy zonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, soliq va bojxona imtiyozlari mavjudligi, kimyo sanoatining rivojlangani, shuningdek, xalqaro aeroport va zamonaviy logistika infratuzilmasining mavjudligi investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Bundan tashqari, Navoiy viloyatining geografik jihatdan qulay joylashgani Markaziy Osiyo va qo‘shni bozorlarga tez va samarali chiqish imkonini beradi.
Tomonlar farmatsevtika mahsulotlarini mahalliylashtirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, texnologiyalar transferi va mutaxassislar malakasini oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, “Searle” kompaniyasi mutaxassislarini Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, amaliy loyihalarni joyida o‘rganish va texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Pokistonning «Getz Pharma» kompaniyasi kompaniya asoschisi, bosh ijrochi direktor Xalid Mahmud bilan kechgan suhbatda Navoiy viloyatida zamonaviy, eksportbop farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, import o‘rnini bosuvchi va yuqori talabga ega dori vositalarini mahalliylashtirish istibollari ko‘rib chiqildi.
Sohaga ilg‘or texnologiyalar va xalqaro standartlarni joriy etish orqali mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish va sifat nazoratini kuchaytirish, farmatsevtika sohasi uchun kadrlar tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish muhimligi taʼkidlandi. Shuningdek, Navoiy viloyatini mintaqaviy farmatsevtika xabiga aylantirish va eksport geografiyasini kengaytirish, logistika va taʼminot zanjirlarini takomillashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida tomonlar amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni boshlash va hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdir.
Ushbu muloqotlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni kengaytirish hamda Markaziy Osiyo bozoriga yo‘naltirilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
O'xshash yangiliklar
Pokiston kompaniyasi Oʼzbekistondagi past quvvatda ishlayotgan toʼqimachilik korxonasini ishonchli boshqaruvga olishga qiziqish bildirdi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning yirik toʼqimachilik kompaniyalaridan biri – «Sadaqat Limited» direktori Xurram Muxtar bilan videokonferentsiya shaklida uchrashuv oʼtkazdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida “Dolzarb viza” oyligi boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi tizimida “Dolzarb viza” oyligi boshlandi.
O‘zbekiston va Pokiston hududlararo forum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Pokiston Bosh vaziri yordamchisi, Sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar Xan hamda O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.