Pokistondagi «News Letter Uzbekistan» jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi va mamlakatimizning ushbu davlatdagi turizm brendi elchisi tashabbusi bilan «News Letter Uzbekistan» jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni nashr etildi.
O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi va mamlakatimizning ushbu davlatdagi turizm brendi elchisi tashabbusi bilan «News Letter Uzbekistan» jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni nashr etildi.
«News Letter Uzbekistan» jurnali Pokistonda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi, ulkan turizm salohiyati, shuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan tayyorlangan tahliliy materiallarni keng yoritishga ixtisoslashgan. Jurnal chorakda bir marotaba ingliz tilida nashr etiladi.
Mazkur sonda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari, Davlatimiz Rahbarining xalqaro maydonda ilgari surayotgan muhim tashabbuslari, O‘zbekistonning madaniy-maʼrifiy va tarixiy merosi haqidagi maqolalar o‘rin olgan.
Shu bilan birga, jurnal sahifalarida O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 5-6-fevral kunlari Pokistonga amalga oshirgan tarixiy tashrifi, uning doirasida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar, erishilgan kelishuvlar haqidagi batafsil materialar bosilgan.
Bundan tashqari, nashrda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Toshkent shahrida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqand viloyatida qayta tiklangan Imom Buxoriy majmuasi, shuningdek, yurtimizning turizm sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlarga bag‘ishlangan turkum maqolalar ham joy olgan. O‘zbekiston–Pokiston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari ham alohida yoritilgan.
Jurnalda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev bilan eksklyuziv intervyu ham o‘quvchilar eʼtiboriga havola etilgan. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, savdo-iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqbollari haqida atroflicha fikrlar bildirilgan.
«News Letter Uzbekistan» jurnalining joriy yildagi birinchi maxsus soni 36 betdan iborat bo‘lib, u O‘zbekistonning xalqaro imijini mustahkamlash va Pokiston bilan ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.