O‘zbekiston elchisi va Islomobod shahar hokimi Pokiston poytaxtida qurilayotgan “Bobur” bog‘i va “Toshkent” ko‘chasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev Islomobod shahar maʼmuriyati raisi (hokimi) Sohail Ashraf bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev Islomobod shahar maʼmuriyati raisi (hokimi) Sohail Ashraf bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida Islomobod shahrida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilayotgan “Bobur” bog‘i va “Toshkent” ko‘chasi loyihalarini yana-da takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston-Pokiston o‘rtasida hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Pokiston tomoniga 2026-yil iyun oyida O‘zbekistonda Birodarlashgan shaharlar forumi o‘tkazilishi haqida maʼlumot berildi. Islomobod shahri va Toshkent hamda Samarqand shaharlari bilan birodarlik aloqalari o‘rnatilgani inobatga olgan holda, Pokiston poytaxti maʼmuriyati vakillari mazkur forumda ishtirok etishi, shuningdek, Farg‘ona shahri bilan birodarlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha yangi bitim imzolash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Rasmiy muzokaralardan so‘ng tomonlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasida bunyod etilishi eʼlon qilingan “Bobur” bog‘iga tashrif buyurib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdilar.
O‘zbekiston elchisi “Bobur” bog‘ining loyihasi va qurilish ishlarining borishi haqida batafsil maʼlumot berdi.
– Bog‘ qurilishi o‘zbekistonlik dizaynerlar va mutaxassislari nazorati ostida amalga oshirilmoqda. Hudud muhitini yana-da chiroyli qilish uchun ekologik toza ko‘chatlar ekish va landshaft ishlari bajariladi, – dedi diplomatik vakolatxona rahbari. – Kelgusida, ushbu bog‘ O‘zbekiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, birodarlik hamda umumiy tarixiy va madaniy rishtalar ramziga aylanadi.
Islomobod shahar maʼmuriyati raisi Sohail Ashraf mazkur loyihani yuksak baholab, bunday muhim tashabbus uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.
– Qurilish ishlari yakunlangach, mazkur bog‘ nafaqat Islomobod, balki butun Pokistondagi eng go‘zal va zamonaviy dam olish maskanlaridan biri bo‘lishiga ishonchim komil, – dedi u. – Loyihani amalga oshirish jarayonida Islomobod shahar maʼmuriyati tomonidan barcha zarur ko‘mak ko‘rsatiladi. “Bobur” bog‘i loyihasining yuqori darajada ishlab chiqilgani, unda qo‘llanilgan meʼmoriy va landshaft yechimlari bizda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu munosabat bilan, shahrimizdagi bog‘ va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha shunga o‘xshash konsepsiyalarni ishlab chiqish uchun o‘zbekistonlik dizayner va loyihachilarni jalb etishga tayyormiz.
Bog‘ga tashrif davomida mavjud daraxtlarni saqlab qolish, “yashil” hududlar maydonini kengaytirish va ekologik muhitni asrash muhim ekani ham taʼkidlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi rahbari va Islomobod shahar maʼmuriyati raisi Pokiston poytaxtida barpo etilayotgan “Toshkent” ko‘chasiga tashrif buyurib, uni namunali va zamonaviy shahar ko‘chalaridan biriga aylantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalarni belgilab oldilar.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.