O‘zbekiston va Pokiston kompaniyasi po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirmoqchi
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev “Pak Steel” kompaniyasi direktori Hassan Farid bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev “Pak Steel” kompaniyasi direktori Hassan Farid bilan uchrashdi.
Muloqot davomida po‘lat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya loyihalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Hassan Faridning aytishicha, Pokistonda elektr energiyasi narxining yuqoriligi po‘lat mahsulotlari tannarxi va ularning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistondagi nisbatan maqbul energiya resurslari, sanoat zonalarida yaratilgan infratuzilma hamda investorlarga taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar po‘lat ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun muhim omil sifatida baholandi.
Suhbat chog‘ida “Pak Steel” kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda, xususan, armatura mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida muhokama qilingan loyihalarni O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan muhokama qilish, hamkorlikning keyingi bosqichi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda kompaniya rahbariyatining O‘zbekistonga safarini tashkil etishga kelishib olindi.
1949-yilda tashkil etilgan “Pak Steel” Pokistonning po‘lat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalaridan biridir. Kompaniyaning asosiy faoliyati armatura, deformatsiyalangan va oddiy po‘lat sterjenlar, turli konstruksion po‘lat mahsulotlari, xususan, shveller va boshqa metall prokat mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston hududlaridagi olti texnikumga Pokistondan yangi jihozlar to‘plami topshirildi
Mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi O‘zbekistonning oltita ta’lim muassasasidagi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida beg‘araz grant yordami ko‘rsatdi.
Pokiston kompaniyasi Xivada «aqlli shahar» loyihasini amalga oshirishni boshladi
Pokistonning yirik qurilish va infratuzilma kompaniyalaridan biri — «Habib Rafiq Engineering (Pvt.) Ltd.» Xorazm viloyatining Xiva shahrida «aqlli shahar» barpo etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish ishlarini boshladi.
Oʼzbekiston va Mavrikiy oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy va turizm sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʼtariladi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Mavrikiyning Pokistondagi elchisi Munsoo Kurrimbakkus bilan uchrashuv oʼtkazdi.