TIV rahbarining Serbiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvi to‘g‘risida
6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Serbiya tashqi ishlar vaziri Marko Djurich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Serbiya tashqi ishlar vaziri Marko Djurich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish hamda transport, sanoat, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin va tizimli hamkorlikni davom ettirish, siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmlarini yanada faollashtirish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliy mazmun bilan boyitish, ikki davlat rahbarlari belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash va yaqin istiqboldagi oliy darajadagi tashriflarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida eʼtibor qaratildi.
Serbiya O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli hamkorlaridan biri sifatida qadrlanishi qayd etildi. Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi surʼati mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.