TIV rahbari Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Follertning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Follertning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Muloqot davomida Germaniya Yevropadagi ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlardan biri sifatida yuksak qadrlanishi qayd etildi. So‘nggi yillarda oliy darajadagi tashriflar hamda muntazam siyosiy muloqotlar tufayli O‘zbekiston–Germaniya munosabatlari izchil rivojlanib bormoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
TIV rahbari elchiga O‘zbekistondagi mas’uliyatli va sharafli diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.