O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Xelen Sand Andresendan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Xelen Sand Andresendan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
«Norvegiyaning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Xelen Sand Andresen xonimning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Biz O‘zbekiston va Norvegiya aloqalarida hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat ko‘rmoqdamiz. Elchi xonimga mamlakatimizdagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni ishga solishda muvaffaqiyatlar tilaymiz».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.