O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘mon elchilari bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘mon elchilarini qabul qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘mon elchilarini qabul qildi.
«Bugun vazirlikda Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Qatar Davlati va O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuvda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdik.
Mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan holatlar yuzasidan xavotir bildirib, keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek barcha nizolarni diplomatik yo‘llar orqali hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etish muhimligini ta’kidladik.
O‘zbekiston bilan Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» formati doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildik».
O'xshash yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi
Hurmatli Serdar Gurbanguliyevich! Hurmatli hamkasblar!
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2026-yil 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashdi.
Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuvga oid
2026-yil 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Oʻmon Sultonligi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Shayx Holid al-Maslahiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.