Özbekiston va Iordaniya munosabatlari yangi bosqiçga kötariladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida kengaytirilgan tarkibda muzokara ötkazdilar.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida kengaytirilgan tarkibda muzokara ötkazdilar.
Rasmiy delegatsiyalar aʼzolari iştirokida ötgan uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi döstlik va köp qirrali aloqalarni yanada rivojlantiriş hamda hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi.
Siyosiy muloqotlar va idoralararo almaşinuvlar faollaşgani, özaro savdo hamda investitsiyalar hajmi barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida savdo, investitsiya, transport va logistika, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, soğliqni saqlaş hamda farmatsevtika sohalari körsatib ötildi.
Imtiyozli savdo bitimini imzolaş, özaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkaziş masalasiga alohida töxtalindi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun madaniyat va sanʼat haftaliklarini ötkaziş, diniy-maʼrifiy yönalişda tajriba almaşiş, sayyohlik almaşinuvini kengaytiriş, qadimiy şaharlar örtasida birodarlik aloqalarini örnatiş maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti, Qöşilmaslik harakati, “Aqaba jarayoni” formati va boşqa nufuzli tuzilmalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaş amaliyotini davom ettiriş muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbarlari Özbekiston va Iordaniya örtasidagi anʼanaviy döstlik va özaro işonçga asoslangan munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga kötarişga qaror qildilar.
Oliy darajadagi kelişuvlarning ijrosini töliq taʼminlaş uçun keng qamrovli “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib olindi.
Muzokaralar yakunida Özbekiston Prezidenti Iordaniya Podşohini mamlakatimizga taşrif bilan kelişga taklif etdi.
O'xshash yangiliklar
Kelаjаkni belgilаyotgаn siyosаt
Mamlakat taraqqiyoti uning yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Özbekiston IT-biznes loyihalarini işga tuşiriş tizimini soddalaştirmoqda
Xorijda öz faoliyatini yo‘lga qöyişni rejalashtirayotgan texnologik kompaniyalar uçün ofis oçiş, odatda, butun jamoani köçirişni anglatmaydi.
Fors körfazi davlatlari bilan özaro manfaatli aloqalar: Iordaniya bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş
Özbekiston va Iordaniya örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar sönggi yillarda kengayib, ikki mamlakat örtasidagi taşqi savdo aylanmasida sezilarli ösiş kuzatilmoqda.