Ko‘rfaz arab davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlati, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Kuvayt Davlatining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-yilning 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlati, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Kuvayt Davlatining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tomonlar asosiy mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi.
O'xshash yangiliklar
28-29-sentyabr kunlari Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi bo‘lib o‘tadi
Forumning asosiy g‘oyasi – inson qadri, tenglik va barqaror rivojlanish yo‘lida global hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Oʼzbekiston va BMT: Milliy tashabbuslardan global kun tartibiga
BMT Bosh Аssambleyasining 81-sessiyasi Oʼzbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichini namoyon etdi. Nyu-Yorkda ilgari surilgan gʼoya va tashabbuslar mamlakatdagi islohotlar, Markaziy Osiyoda shakllangan yangi hamkorlik muhiti hamda global muammolarga yechim izlash oʼrtasida tobora mustahkam bogʼliqlik yuzaga kelayotganini koʼrsatdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning “JDB Group” kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi.