O‘zbekiston va Shri-Lanka tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning 1-davrasiga oid
9-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Shri-Lanka tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi o‘tkazildi.
9-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Shri-Lanka tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi o‘tkazildi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev hamda Shri-Lanka tashqi ishlar, xorijda bandlik va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Aruni Ranaraja rahbarlik qildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Shri-Lanka o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Asosiy e’tibor iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish masalalariga qaratilib, o‘zaro tashqi savdo hajmini oshirish va uni diversifikatsiya qilish, shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan choralar ishlab chiqishga kelishildi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro maslahatlushuvlar o‘tkazish mexanizmini joriy qilish to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.