8–10 sentyabr kunlari Toshkent to‘qimachilik sohasi mutaxassislarini bir joyga to‘playdi
Toshkent shahrida 17-Markaziy Osiyo xalqaro to‘qimachilik uskunalari – “CAITME 2026” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir anʼanaviy “Global Textile Days” haftaligi doirasida tashkil etiladi.
Toshkent shahrida 17-Markaziy Osiyo xalqaro to‘qimachilik uskunalari – “CAITME 2026” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir anʼanaviy “Global Textile Days” haftaligi doirasida tashkil etiladi.
“CAITME 2026” Markaziy Osiyodagi to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun muhim voqea bo‘lib, mustaqil audit natijalariga ko‘ra, MDH mamlakatlaridagi bunday formatdagi eng yirik ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma hisoblanadi.
Ko‘rgazma mintaqaning to‘qimachilik va tikuvchilik sohasini jihozlash va modernizatsiya qilishda muhim o‘rin tutadi, ishlab chiqaruvchilarga samaradorlikni oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni mustahkamlashga yordam beradi.
Joriy yilda ko‘rgazmada qariyb 20 mamlakatdan 250 ta kompaniya va brend ishtirok etadi. Germaniya milliy pavilyon pavilyon taqdim etadi, shuningdek, Avstriya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Turkiya, AQSH, Shveysariya va boshqa yetakchi to‘qimachilik davlatlaridan kompaniyalar.
O‘tgan yillardagidek, ko‘rgazmada to‘qimachilik uskunalari ishlab chiqarish sohasidagi taniqli jahon yetakchilari, Yevropa va Osiyodan ilg‘or texnologiyalar yetkazib beruvchilarining faol ishtiroki kutilmoqda.
Jumladan, Rieter, Uster, Novibra, SSM, Spindelfabrik Sussen, Toyota, Muratec, Truetzschler, Saurer, Picanol, Santoni, Terrot, Habasit, MHMS, Vandewiele NV, Karl Mayer, Staubli, IRO, Biancalani, Ferraro, Epson, Zimmer Austria, Mario Crosta, Itema, Lafer, Motex Di Modiano Guido, Salvade‘, Simet, Dettin, Sclavos, Effe, Mahlo, Lonati, Shima Seiki, Andritz Küsters, Brückner, Carl Schmale, Sossna, Texpa, Thies, Groz-Beckert KG, Kaeser Kompressoren, Schott & Meissner, Textima, Tetas, Temsan, Lakshmi Machine Works, Lakshmi Card Clothing, Precitex, Kansai, Brazzoli, Eliar, Guven Celik, West Global, CTMTC, Hengyi, Leadsfon, Rifa, Yingyang, Baoyu, Dyestar, NF Kimya, Eksoy, Deniz Kimya va boshqa ko‘plab kompaniyalar taqdimotlar o‘tkazadi.
Ko‘rgazma tashkilotchilarining maʼlumotiga ko‘ra, 9-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “TextileExpo Uzbekistan Sourcing Hub” innovatsion loyihasi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otadi. Bunda O‘zbekistonda ilk bor to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari va savdo tarmoqlari, fabrikalar hamda ixtisoslashtirilgan kompaniyalar xaridorlari sunʼiy intellekt yordamida raqamli formatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B muzokaralar o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
“Dunyo” AA
Toshkent sh.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.