Samarqandda Parlamentlararo ittifoq yosh aʼzolarining XII xalqaro konferentsiyasi boʼlib oʼtadi
Joriy yil 4-6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq yosh aʼzolarining XII xalqaro konferentsiyasi boʼlib oʼtadi.
Joriy yil 4-6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq yosh aʼzolarining XII xalqaro konferentsiyasi boʼlib oʼtadi.
“Tahlikali davrda barcha uchun shaxsiy huquq, adolat va qadr-qimmatni tiklash” mavzusida oʼtkaziladigan ushbu konferentsiyada 183 mamlakatdan 15 ta xalqaro tashkilot, 50 nafarga yaqin doimiy kuzatuvchi hamda 300 nafar ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Tadbir doirasida turli sessiyalar oʼtkazilib, unda ishtirokchilar bugungi davr yoshlarining holati va huquqlari bilan bogʼliq dolzarb masalalarni muhokama qiladi.
Xususan, turli nizolar yuzaga kelayotgan sharoitda yoshlar haq-huquqlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, bandligini taʼminlash, shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tashkil etiladigan dasturlar innovatsion va interaktiv formatlarda tashkil etiladi. Bunday yondashuv nafaqat fikr almashishni mazmunli tashkil etish, balki turli davlat parlamentlari yosh aʼzolari oʼrtasida doʼstlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konferentsiya doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishishda parlamentlararo hamkorlikning oʼrniga bagʼishlangan xalqaro forum ham oʼtkaziladi. Mazkur tadbirda BRMni ilgari surishda parlamentlararo aloqalarning roli, yoshlarning global kun tartibini amalga oshirishga qoʼshayotgan hissasini kuchaytirish imkoniyatlari koʼrib chiqiladi.
Uchrashuvlar kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan parlament aʼzolarining taklif va tavsiyalari, tashabbus va mushtarak yondashuvlarini oʼz ichiga olgan yakuniy hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Konferentsiyaning rasmiy sessiyalari 4-5-sentyabr kunlari boʼlib oʼtadi. 6-sentyabr kuni esa tadbir tashkilotchilari tomonidan madaniy-maʼrifiy dastur tashkil etiladi.
Yosh parlament aʼzolarining anʼanaviy konferentsiyasini oʼtkazish mexanizmi 2014-yilda taʼsis etilgan. Mazkur mexanizm yoshlarning parlament faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish, qonunchilik boʼyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish, oʼzaro hamjihatlikni mustahkamlash va salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Parlamentlararo ittifoqning yoshlarning siyosiy hayotdagi ishtirokini qoʼllab-quvvatlash borasidagi tashabbusi 2010-yildan boshlangan. Oʼsha yili tashkilotning Bangkok shahrida boʼlib oʼtgan 122-assambleyasida “Yoshlarning demokratik jarayondagi ishtiroki” toʼgʼrisidagi rezolyutsiya qabul qilingan.
Ushbu tashabbusning mantiqiy davomi sifatida 2013-yilda Parlamentlararo ittifoq faoliyatida yosh kadrlarning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan rasmiy organ — Yosh parlamentariylar forumi tashkil etilgan.
«Dunyo» АА,
Samarqand shahri
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.