Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Choʻlponota shahridagi Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Qirgʻiz Respublikasida davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Choʻlponota shahridagi Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Qirgʻiz Respublikasida davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-birlariga tanishtirdilar.
Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
O'xshash yangiliklar
“Yashil makon” loyihasini amalga oshirishda daraxtlar parvarishi va yashovchanligi ustuvor boʻladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish va innovatsion yechimlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentini Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.