Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati Pokistonda rasmiy qabul marosimi oʼtkazildi
Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Islomobod shahridagi «Mövenpick» mehmonxonasida rasmiy qabul marosimi oʼtkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Islomobod shahridagi «Mövenpick» mehmonxonasida rasmiy qabul marosimi oʼtkazildi.
Tadbirda Pokiston hukumati nomidan asosiy mehmon sifatida Energetika vaziri Sardar Аvays Xan Legari ishtirok etdi. Shuningdek, marosimga Pokiston prezidentining axborot masalalari boʼyicha maslahatchisi Murtaza Solangi, bosh vazirning turizm boʼyicha maslahatchisi Sardar Yasir Ilьyas Xan hamda sanoat boʼyicha koordinatori Rana Ehson Аfzal Xan va tashqi ishlar vaziri oʼrinbosari Hamid Аsgar Xan tashrif buyurdi.
Bundan tashqari, Pokiston Senati va Quyi palatasi aʼzolari, hukumat vakillari, Qurolli kuchlar, elchilar hamda diplomatlar, davlat va jamoat tashkilotlari, akademik muassasalar, ekspert-tahlil, ishbilarmon doira va mahalliy OАV vakillari, mezbon mamlakatda boʼlib turgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Pokiston Qurolli Kuchlari harbiy orkestri ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi.
Oʼzbekiston elchisi oʼz qutlov nutqida davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyatiga toʼxtalib, uning ildizlari xalqimizning uch ming yillik davlatchilik anʼanalari va boy sivilizatsion merosiga borib taqalishini taʼkidladi. Mustaqillik yillarida, ayniqsa, soʼnggi oʼn yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoev ranamoligida mamlakatimizda keng koʼlamli va ortga qaytmas islohotlar amalga oshirilib, inson qadri, huquq va manfaatlari hamda aholi farovonligini taʼminlash davlat siyosatining bosh mezoniga aylangani qayd etildi.
«Oʼzbekistonning dunyoga keng ochilgani, Markaziy Osiyoda doʼstlik, yaxshi qoʼshnichilik va oʼzaro ishonch muhitini mustahkamlashga katta hissa qoʼshayotgani, iqtisodiyot, taʼlim, sogʼliqni saqlash, ijtimoiy himoya va investitsiya sohalarida erishilgan natijalar mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqdi», – dedi Oʼzbekiston elchisi.
Shuningdek, ikki davlat rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi va oʼzaro ishonchga asoslangan munosabatlari tufayli Oʼzbekiston-Pokiston hamkorligi strategik sheriklikning sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarilgani qayd etildi. Oliy darajadagi tashriflar, parlamentlararo va hududlararo aloqalar, savdo-investitsiyaviy hamkorlik hamda toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlarning kengayishi ikki tomonlama munosabatlarning yuksak surʼatlarda rivojlanayotganini koʼrsatayotgani taʼkidlandi.
Federal vazir Sardar Аvays Xan Legari oʼz nutqida Oʼzbekiston Prezidenti Shavkt Mirziyoevni, mamlakat hukumati va xalqini davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Pokiston bosh vaziri Shaboz Sharif nomidan samimiy muborakbod etdi.
«Oʼzbekistonning davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va aholi farovonligini oshirish borasida erishgan yutuqlarini Pokiston tomoni yuksak baholaydi, mamlakatinmizga tinchlik, barqarorlik va yanada ravnaq tilaymiz. Pokiston Oʼzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʼlib tan olgan davlatlardan bir hisobnaladi. Xususan, 2027- yil may oyida ikki davlat oʼrtasidagi diplomatik munosabatlar oʼrnatilganining 35-yilligini nishonlashga katta tayyorlarlik koʼrayapmiz», asosiy mehmon.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar, Pokiston va Oʼzbekiston oʼrtasidagi munosabatlar asrlar davomida shakllangan tarixiy va madaniy mushtaraklikka, oʼzaro hurmat va umumiy manfaatlarga asoslangani taʼkidladilar. Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning 2025-yil fevral oyida Oʼzbekistonga hamda Prezident Shavkat Mirziyoevning 2026 yil fevralь oyida Pokistonga amalga oshirgan tashriflari ikki tomonlama hamkorlikka yangi surʼat bagʼishlagani bildirildi.
Qabul marosimida ishtirok etgan Pokistonning siyosiy va jamoat arboblari ham Oʼzbekiston Prezidenti va xalqini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, Yangi Oʼzbekiston strategiyasida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalarni roʼyobga chiqarishda muvaffaqiyatlar tiladilar.
Tadbir doirasida mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti, shuningdek, tashqi siyosiy faoliyatida erishilayotgan yutuqlar hamda Oʼzbekiston-Pokiston munosabatlarining rivojlanish bosqichlariga bagʼishlangan fotokoʼrgazma tashkil etildi. Mehmonlar eʼtiboriga milliy hunarmandchilik buyumlari, oʼzbek milliy liboslari va cholgʼu asboblari namoyish etildi.
Bayram tadbiri Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy ashula va raqs ansambli sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qoʼshiqlar va raqslardan iborat kontsert dasturi bilan davom etdi.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston – Serbiya: sanoat kooperatsiyasining yangi geografiyasi
O‘zbekiston–Serbiya iqtisodiy munosabatlarida kompaniyalarning hamkor mamlakat bozoriga o‘zaro kirib borishiga asoslangan yanada chuqurroq model shakllana boshlamoqda.
Toshkent “Shanxay ruhi”ning umumiy tamoyillarini hamkorlikning amaliy mexanizmlariga oʼtkazmoqda
SMTI direktori oʼrinbosari Baxtiyor Mustafoev Oʼzbekistonning ShHT Bishkek sammitidagi asosiy tashabbuslari haqida fikr bildirdi
Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi: investitsiyaviy sheriklikdan texnologik kooperatsiya sari
Oʻzbekiston–Koreya munosabatlari rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda. Ilgari ularning asosini savdo, investitsiyalar va uskunalar yetkazib berish tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda asosiy eʼtibor sanoat va texnologik kooperatsiyani chuqurlashtirishga qaratilmoqda.