AQSh kompaniyalari bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda AQSh Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek, AQSh – Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda “Air Products”, “Cove Capital”, “Templeton Global Investments”, “Boeing”, “77 Construction”, “BlackRock”, “FLS”, “Visa”, “JP Morgan”, “Meta”, “GULF” korporatsiyalari rahbarlari va yana bir qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari mazkur uchrashuv oxirgi yillarda vujudga kelgan yaxshi anʼananing davomi, AQSh ishbilarmonlarining Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qiziqishi ortib borayotganining tasdigʻi ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Iqtisodiy hamkorlik Oʻzbekiston bilan AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikning asosiy tayanch nuqtalaridan biri ekani alohida taʼkidlandi.
Mamlakatimiz yetakchisi ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator dolzarb yoʻnalishlarni belgilab berdi.
Muhim minerallarni oʻzlashtirish va qayta ishlash, energetika, metallurgiya, moliya, sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va boshqa koʻplab sohalarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
AQShning yirik kompaniyalari rahbarlari investorlar samarali faoliyat yuritishiga yaratilgan qulay sharoitlar uchun Oʻzbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, oʻzlarining aniq taklif va rejalarini bayon etdilar.
Davra suhbati yakunida AQShning yetakchi kompaniyalari bilan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.