Nukusda mahalliy bazaltdan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Nukus Insulation Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Nukus Insulation Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Korxonada mahalliy bazalt xomashyosidan zamonaviy issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqalpogʻistonning boy tabiiy resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan ushbu loyiha hududda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Loyiha davlatimiz rahbarining 2024-yil 9-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshirildi.
Umumiy qiymati 50 million dollar boʻlgan korxonaga Yevropada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan. Ular mahalliy xomashyodan xalqaro standartlarga mos mahsulot tayyorlash imkonini beradi.
Korxona yiliga 300 milliard soʻmlik 50 ming tonna issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 150 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Bazalt asosidagi izolyatsiya materiallari yongʻinga chidamliligi, issiqlikni saqlash xususiyati va uzoq xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Ularning qurilishda qoʻllanilishi bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish, isitish va sovitish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlar bilan tanishib, korxona jamoasi bilan samimiy muloqot qildi.
Shu yerning oʻzida Qoraqalpogʻiston tumanlariga biriktirilgan viloyatlar hokimlari oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.
Prezidentimiz viloyatlar koʻmagida ushbu tumanlarni qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻlamini yanada kengaytirish zarurligini taʼkidladi. Hududlar oʻrtasidagi aloqalar va ishlab chiqarish kooperatsiyasini mustahkamlash, mavjud imkoniyatlardan birgalikda foydalanib, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalarni koʻpaytirish muhimligi qayd etildi.
O'xshash yangiliklar
Prezidentimiz yoʻl xoʻjaligi sohasidagi yangi ilmiy-amaliyot markazini koʻzdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining ilmiy-amaliyot markaziga tashrif buyurib, muassasa faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Qoʻriqlash xizmatlari sifatini oshirish va qamrovini kengaytirish choralari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qoʻriqlash xizmatlari sifati va qamrovi darajasini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Oʻmon, Iordaniya va Turkiya bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish choralari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, 2027-yilda mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.