O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Shveysariyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariyaning yangi elchisi Simon Gigerni qabul qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariyaning yangi elchisi Simon Gigerni qabul qildi.
«Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Simon Giger xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida davlatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yana-da faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi va yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.
Elchi xonimga masʼuliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, O‘zbekiston–Shveysariya munosabatlarini yana-da rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimizni tasdiqladik».
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.