Oʼzbekiston тashqi ishlar vaziri Singapurdagi global investitsiya kompaniyasi ijrochi direktori bilan uchrashdi
Oʼzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapurga tashrifi davomida «Temasek Holdings» kompaniyasi ijrochi direktori Dilxan Pillay bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Oʼzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapurga tashrifi davomida «Temasek Holdings» kompaniyasi ijrochi direktori Dilxan Pillay bilan uchrashuv oʼtkazdi.
«Bosh qarorgohi Singapurda joylashgan “Temasek Holdings” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Dilxan Pillay Sandrasegara janoblari bilan samarali uchrashuv oʻtkazdik, – ozdi Oʼzbekiston TIV rahbari oʼzining telegram-kanalida. – Kompaniyaning jahon investitsiya bozorlaridagi katta tajribasi va uzoq muddatli rivojlanishga yoʻnaltirilgan yondashuvi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan hamohang ekanini taʼkidladik.
Suhbatimiz davomida qator yoʻnalishlarda amaliy hamkorlik salohiyati yuzasidan fikr almashdik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.