Eron birinchi vitse-prezidentining o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
18-avgust kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidentining o‘rinbosari Ali Najafiy Xo‘shrudi tomonidan qabul qilindi.
18-avgust kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidentining o‘rinbosari Ali Najafiy Xo‘shrudi tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, O‘zbekiston-Eron hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar muntazam siyosiy muloqotni davom ettirish va ikki mamlakatning tegishli davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish muhimligini ta’kidladi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-tranzit aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.