Moskvada «Markaziy Osiyo + Rossiya» formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
17-aprel kuni Moskva shahrida «Markaziy Osiyo + Rossiya» formatida tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
17-aprel kuni Moskva shahrida «Markaziy Osiyo + Rossiya» formatida tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
«Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya delegatsiyalari bilan birgalikda olti tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni, muhokama qildik, – deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘z telegram-kanalida. – Xususan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ekologik muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
“Yashil” energetika, suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarga urg‘u berdik.
Xalqaro vaziyatning beqarorligi ortib borayotgan sharoitda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashning ahamiyati hamda barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini alohida ta’kidladik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.