Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisini Butunjahon urbanizatsiya forumining muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan samimiy tabrikladi.
Avvalgi oliy darajadagi muloqotlar chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tovar ayirboshlashning ijobiy surʼati qayd etildi. Yil boshidan buyon oʻzaro savdo hajmi 40 foizdan ziyodga oshdi.
Qurilish, togʻ-kon sanoati, energetika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihalarni jadallashtirish hamda birgalikdagi investitsiyalarni, shu jumladan, Qoʻshma investitsiya kompaniyasi mablagʻlarini jalb etgan holda yanada kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Yetakchilar transportga oid tashabbuslarni amalga oshirish va xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.
Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.
O'xshash yangiliklar
Özbekiston va Braziliya taşqi işlar vazirlari telefon orqali muloqot ötkazdi
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Braziliya Federativ Respublikasi taşqi işlar vaziri Mauro Viyeyra bilan telefon orqali muloqot qildi.
Инсон ҳуқуқлари ҳимоясида янги босқич
Sud-huquq tizimining samaradorligi, avvalo, inson o‘z huquqini sud orqali qanchalik tez, qulay va ishonchli himoya qila olishi bilan belgilanadi.
Transport-logistika sohasini jadal rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.