TIV rahbarining Qatar Davlati tashqi savdo ishlari bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashuvi to‘g‘risida
20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlati tashqi savdo ishlari bo‘yicha davlat vaziri Ahmad bin Muhammad Al-Sayid bilan uchrashuv o‘tkazdi.
20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlati tashqi savdo ishlari bo‘yicha davlat vaziri Ahmad bin Muhammad Al-Sayid bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-logistika, energetika va infratuzilma sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Mavjud ulkan salohiyatni to‘liq ishga solish, investitsiyaviy sheriklikni chuqurlashtirish va qo‘shma loyihalarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, Qatar tomonini joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida faol ishtirok etishga taklif qilindi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.