Iordaniya Podshohi Oʻzbekiston Prezidentini samimiy tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Iordaniya Podshohi davlatimiz rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, doʻst Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-omonlik va farovonlik tiladi.
Muloqot davomida Samarqandda oʻtgan sermahsul muzokaralar va erishilgan muhim kelishuvlar aloqalarimizda yangi sahifa ochgani alohida qayd etildi.
Mamlakatlarimiz oʻrtasida parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib borayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.
Yetakchilar siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish hamda oliy darajadagi boʻlajak tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligiga urgʻu berishdi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
O'xshash yangiliklar
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-sentabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Nukusda futbol va boshqa sport turlari uchun zamonaviy infratuzilma yaratildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan “Turon” stadioni bilan tanishdi.
Nukusda xalqaro ta’lim dasturi asosida malakali kadrlar tayyorlanmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi.