BAA bilan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston – BAA strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi.
Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qoʻshma korxonalar soni ortib bormoqda. Beshinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida BAA kompaniyalari bilan qator yangi kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
“Yashil” energetika, yoqilgʻi ishlab chiqarish, transport, logistika, sunʼiy intellekt, raqamlashtirish va boshqa yoʻnalishlardagi yirik loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.