Belarus Respublikasi elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2026-yil 25-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi.
2026-yil 25-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekiston–Belarus munosabatlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, oliy va yuqori darajalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildi.
2026-yil 19-may kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi Hukumatlararo komissiyaning oʻn ikkinchi yigʻilishi yuqori baholandi. Uning yakunlari savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni izchil mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar turli darajalarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.