O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 20-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 20-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lyu Bin boshchilik qildi.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, ikki tomonlama hamkorlikning barqaror ijobiy sur’atini qayd etdilar. Oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, qo‘shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, yuqori texnologiyalar, “yashil” energetika va raqamlashtirish sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar gumanitar hamkorlik masalalarini ham ko‘rib chiqdilar, jumladan akademik almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va madaniy tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalari muhokama etildi. BMT, ShHT, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati hamda boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni davom ettirish qayd etildi.
Maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirishda o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.