Oʼzbekistonda xorijiy sayyohlar uchun QQSni qaytarish tizimi yoʼlga qoʼyildi
2026-yil 1-apreldan boshlab Oʼzbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida xorijiy fuqarolar uchun qoʼshilgan qiymat soligʼini (Tax Free) qaytarish tizimi joriy etildi.
2026-yil 1-apreldan boshlab Oʼzbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida xorijiy fuqarolar uchun qoʼshilgan qiymat soligʼini (Tax Free) qaytarish tizimi joriy etildi.
Yangi tizim sayyohlarga mamlakat hududida xarid qilingan tovarlar uchun QQSni qaytarib olish imkonini beradi. Mablagʼlar naqd pul shaklida yoki bank kartasiga oʼtkazish orqali qaytarilishi mumkin. Naqd pulsiz shakl tanlanganda, mablagʼlar tovar mamlakatdan olib chiqilgandan soʼng 3 ish kuni ichida oʼtkaziladi.
QQSni qaytarish mumkin boʼlgan eng kam xarid summasi 300 000 soʼmni (QQS bilan birga) tashkil etadi. Bunda xorijiy fuqarolarga soliq summasining 85 foizi qaytariladi, qolgan 15 foizi esa “Tax Free” tizimi operatori xizmatlarini qoplashga yoʼnaltiriladi.
Mazkur tizimning joriy etilishi Oʼzbekistonning xorijiy sayyohlar uchun jozibadorligini yanada oshirishi, chakana savdo hajmini kengaytirishi hamda turizm sohasining izchil rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Kelgusida tizimni bosqichma-bosqich kengaytirish, uni aeroportlardan tashqari temir yoʼl vokzallari va chegara bojxona postlarida ham joriy etish, shuningdek, chakana savdo nuqtalarining kengroq qamrovini taʼminlash koʼzda tutilgan.
Shu bilan birga, jarayonni soddalashtirish maqsadida uni raqamlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun zamonaviy axborot texnologiyalari va mobilь yechimlardan keng foydalanish rejalashtirilgan.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.