Andijonda gastronomik turizm koʻchasi tashkil etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Oʻrikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm koʻchasi bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Oʻrikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm koʻchasi bilan tanishdi.
Mashrab va Sarikuy koʻchalarini qamrab olgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 18 milliard soʻm boʻlib, shundan 8 milliard soʻmi respublika budjeti, 10 milliard soʻmi tadbirkorlar mablagʻi hisobidan moliyalashtirildi.
Koʻchaning umumiy uzunligi 1,2 kilometrni tashkil etadi. Bu yerda piyodalar va velosipedlar uchun keng va xavfsiz yoʻlaklar barpo etildi, zamonaviy landshaft dizayni yaratildi, favvoralar va turli yoritish vositalari oʻrnatildi. Selfi hududlari, ochiq sport maydonchalari, bolalar uchun ekomaydonchalar hamda oilaviy dam olish maskanlari tashkil qilindi.
Hududdagi 35 ta savdo obyektida 30 ta tadbirkorlik subyekti 24/7 tartibda xizmat koʻrsatadi. Loyiha doirasida 100 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Koʻcha kuniga 10 mingdan ziyod aholi va sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega.
Davlatimiz rahbari koʻcha boʻylab sayr davomida aholi va tadbirkorlar bilan samimiy muloqot qildi.
O'xshash yangiliklar
Bobur shoh koʻchasidagi yangi yoʻloʻtkazgich aholiga katta qulaylik yaratdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Bobur shoh koʻchasining ikki qismini bogʻlovchi yangi yoʻloʻtkazgich bilan tanishdi.
Asaka adirlarida zamonaviy ekoturizm majmuasi barpo etildi
Andijon viloyati Asaka tumanidagi adirliklar musaffo havosi va oʻziga xos tabiati bilan ajralib turadi.
Ilgʻor texnologiya asosida paxta hosildorligi ikki barobar oshirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agroklaster Oltinkoʻl” korxonasida Shinjon usuli asosida paxta yetishtirish jarayonini koʻzdan kechirdi.