O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari boʻyicha vaziri bilan uchrashdi
18-aprel kuni Antaliya diplomatik forumi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari boʻyicha vaziri Ayman Safadi bilan uchrashdi.
18-aprel kuni Antaliya diplomatik forumi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari boʻyicha vaziri Ayman Safadi bilan uchrashdi.
«Bugun Antaliya diplomatik forumi doirasida Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari boʻyicha vaziri Ayman Safadi janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz , – deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘z telegram-kanalida. – Muloqotimiz O‘zbekiston-Iordaniya ikki tomonlama munosabatlarimizga yangi surʼat bagʻishlashga qaratildi. Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, birodar xalqlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildik, shuningdek, boʻlajak qoʻshma tadbirlarni koʻrib chiqdik.
Oʻzaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik hamda mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga oid umumiy intilishlarimizni taʼkidladik».
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.