O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi.
11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov janoblari bilan telefon orqali muloqot oʻtkazishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari barcha yoʻnalishlarda izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan yana bir bor taʼkidladik.
Shuningdek, joriy yil 8–10-may kunlari Oʻzbekistonda Turkmaniston tomoni va xorijiy mehmonlar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etilgan “Axaltekin otlari – xalqlar doʻstligi ramzi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya hamda yirik xalqaro ot sporti tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tgani haqida so‘z yuritdik.
Ot sporti musobaqalari Oʻzbekiston va Turkmaniston xalqlari oʻrtasidagi qardoshlik rishtalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylangani to‘g‘risida umumiy fikr bildirdik.
Koʻplab sovrinlar bilan bir qatorda, musobaqa gʻoliblarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Janobi Oliylari nomidan yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.