O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Jazoir tog‘-kon sanoati vaziri bilan uchrashdi
6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tog‘-kon sanoati vaziri Murad Xanifi bilan uchrashdi.
6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tog‘-kon sanoati vaziri Murad Xanifi bilan uchrashdi.
«Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tog‘-kon sanoati vaziri janob Murad Xanifini O‘zbekiston zaminida ko‘rishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbary o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda izchil rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Joriy yil iyun oyida Jazoirga amalga oshirgan tashrifimiz doirasida janob Xanifi bilan uchrashib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilgan edik. Bugungi muloqotimiz o‘sha uchrashuvning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Muzokaralarda mineral resurslarni geologik o‘rganish va istiqbolli konlarni o‘zlashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik».
O'xshash yangiliklar
Ruminiya elçisi bilan uçraşuv töğrisida
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Ruminiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Daniyel Kristian Çobanu bilan uçraşdi.
TIV rahbari Daniyaning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisidan işonç yorliqlarini qabul qildi
27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Daniyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Lars Tuyesenning işonç yorliqlarini qabul qildi.
TIV rahbari BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili bilan uchrashuvi to‘g‘risida
26-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uçraşdi.