Iqtisodiy hamkorlik – TDT rivojlanishining asosiy yoʼnalishi
Soʼnti besh yil mobaynida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sifat jixdtidan yangi bosqichga koʼtarilib, mintaqalararo hamkorlikiing samarali va taʼsirchan mexanizmiga aylandi.
Soʼnti besh yil mobaynida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sifat jixdtidan yangi bosqichga koʼtarilib, mintaqalararo hamkorlikiing samarali va taʼsirchan mexanizmiga aylandi.
Ushbu formatning barqarorligi va institutsional samaradorligi, avvalo, uning puxta shakllangan tashkiliy arxitekturasi bilan belgilanadi. Bugungi kunda TDT koʼp pogʼonali institutsional tuzilmaga ega boʼlib, u Davlat rahbarlari kengashi, Tashtsi ishlar vazirlari kengashi, Katta mansabdor shaxslar qumitasi, Oqsoqollar kengashi hamda Tashkilot kotibiyatini oʼz ichiga oladi.
Birlashmaning izchil rivojlaiishiga 2021 yilda qabul qilingan va tarmoq yul xaritalari, amaliy harakatlar rejalari hamda uzoq muddatli ustuvor yoʼnalishlarni shakllantirish uchun mustahkam kontseptual asos vazifasini oʼtayotgan “Turkiy qarash - 2040" strategiyasi muhim turtki berdi.
Mazkur strategiyaning amaliy ijrosi transport sohasini raqamlashtirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda taʼlim almashinuvini faollashtirish kabi yoʼnalishlarda yaqol namoyon boʼlmoqda.
Turkiy davlatlar parlamentlararo assambleyasi - TURINА faoliyati alohida eʼtiborga loyiq. Uning doirasida savdo, transport sodasini xuquqiy tartibga solish damda gumanitar hamkorlik yoʼnalishlarida qonunchilik yondashuvlarini uygʼunlashtirishga qaratilgan amaliy ishlar sezilarli darajada faollashdi.
Oʼzbekistonning Tashkilot faoliyatidagi faol ishtiroki TDT rivojiga sezilarli surʼat bagishladi. Keyingi yillarda Toshkent T/1,T kun tartibini modernizatsiya qilish va uni amaliy mazmun bilan boyitishning asosiy drayverlaridan biriga aylandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbuslari asosida transport oʼzaro bogʼliqligini mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar ilgari surildi.
Koʼplab ekspertlar Tashkilotning deklarativ bosqichdan amaliy institutsionallashuv bosqichiga oʼtishini aynan Oʼzbekistonning faol va tashabbuskor ishtiroki bilan bogʼlamoqdalar.
2022 yilda Samarqand shadrida boʼlib oʼtgan sammit TDT rivojida muhim siyosiy va ramziy bosqich boʼldi. Unda Turkiy investitsiya jamgʼarmasini tashkil etish hamda iqtisodiy kun tartibini institutsional jihatdan kengaytirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.
Mazkur sammit TDTning madaniy-tarixiy asoslarini saqlab qolgan holda, uning tulaqonli geoiqtisodiy makon sifatida shakllanish yoʼlidagi evolyutsiyasini yanada mustahkamladi.
Shu bilan birga, iqtisodiy hamkorlik TDT rivojlanishining ustuvor yoʼnalishi sifatida bosqichma-bosqich mustahkamlanib bormoqda.
Tashkilotning umumiy demografik salohiyati taxminan 178 million nafar aholini qamrab oladi. Shuningdek, mazkur koʼrsatkichda mehnatga layoqatli yosh aholi salmogʼining yuqoriligi TDT mamlakatlarining uzok; muddatli iqtisodiy oʼsishi uchuy muhim resurs hisoblanadi.
Ishtirokchi davlatlarning jami nominal yalpi ichki mahsuloti 1,8-1,9 trillion АKSh dollarini, umumiy tashqi savdo aylanmasi esa 1,1 trillion АKSh dollaridan ortiq hajmni tashkil etadi.
Soʼnggi yillarda mintaqalararo savdo barqaror ijobiy dinamikani namoyon etmoqda. TDT Kotibiyati maʼlumotlariga koʼra, aʼzo davlatlar oʼrtasidagi oʼzaro tovar ayirboshlash hajmi 22-23 milliard АQSh dollariga yetgan boʼlib, bu kursatkich oʼn yillik boshiga nisbatan deyarli ikki baravar oʼsishni tashkil etadi.
Bu jarayonda Oʼzbekiston alohida va muhim oʼrin tutadi. 2025-yil yakunlariga kura, Oʼzbekiston Respublikasining Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar bilan oʼzaro savdo aylanmasi 9 milliard АQSh dollaridan oshdi. Taʼkidlash joizki, 2019 yilda mazkur koʼrsatkich taxminan 4,2 milliard АQSh dollarini tashkil etgan edi.
Shu tariqa, soʼnggi olti yil davomida tovar ayirboshlash hajmi deyarli ikki barobarga oʼsgani kuzatilmoqda.
Oʼzbekiston-Turkiya sanoat hamkorligi ushbu jarayonning yaqqol misoli sifatida namoyon boʼlmoqda. Oʼzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 2 mingdan oshgan. Qoʼshma investitsiya loyihalarining umumiy hajmi esa 5 milliard АQSh dollaridan yuqori koʼrsatkichni tashkil etadi.
Ushbu loyihalarning salmoqli qismi tuqimachilik, qoʼrilish materiallari, elektrotexnika x,amda oziq-ovtsat sanoati sotsalarida amalga oshirilmotsda.
Davlatlararo birlashmaning aloxida strategik ahamiyati uning geoiqtisodiy joylashuvi bilan bevosita bogliqdir. Tashkilotga aʼzo davlatlar Sharqiy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalarini oʼzaro bogʼlovchi transport yoʼlaklari kesishgan strategik chorrahada joylashgan.
Uning markaziy elementa Xitoy, Markaziy Osiyo, Kaspiy mintaqasi, Janubiy Kavkaz, Turkiya va Yevropa bozorlarini uzaro bogʼlaydigan Oʼrta yoʼlak hisoblanadi. Soʼnggi uch yil davomida mazkur yoʼnalish yuk tashish hajmining barqaror oʼsish dinamikasini namoyon etmoqda.
2025 yil yakunlariga kura, koridor boʼylab yuk tashish hajmi 4,5 million tonnadan oshgan bulsa, 2021 yilda bu koʼrsatkich 1 million tonnadan kamni tashkil etgan edi.
Port infratuzilmasini kompleks modernizatsiya qilish ushbu oʼsishning asosiy omillaridan biri buldi. Natijada, Boku xalqaro dengiz savdo portining rekonstruktsiyadan soʼng yillik 15 million tonnagacha yukni, shu jumladan 100 mingtagacha konteynerni qayta ishlash imkoniyatiga ega boʼldi.
Yetkazib berish muddatlarini qistsqrtirish ham muhim strategik ahamiyat kasb etmoqda. Ilgari ushbu yoʼnalish orqali Xitoydan Yevropaga yuk tashish 40-50 kunni tashkil etgan bulsa, xujjatlar aylanishini raqamlashtirish (e-CMR), dastlabki bojxona maʼlumotlarini taqdim etish tartib-taomillarini birxillashtirish hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish natijasida bu muddat 18-23 kungacha qisqardi.
Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda qayta tiklanadigan manbalar asosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Yevropaga eksport qilishni nazarda tutovchi transmintaqaviy “yashil energetika yoʼlagi"ni shakllantirish hamkorlikning istiqbolli yoʼnalishlaridan biriga aylanmotsda.
Ozarbayjon, Qozogʼiston va Oʼzbekiston tegishli energiya uzatish infratuzilmasini sinxronlashtirish hamda uni barpo etish masalalari boʼyicha muvofiqlashuvni faollashtirdi.
Shu bilan birga, jadal surʼatlarda kechayotgan global raqamlashtirish sharoitida texnologik rivojlanish nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ham ega boʼlib, davlatlararo hamkorlik samaradorligini oshirish, sanoatni modernizatsiya qilish hamda infratuzilmaviy bogʼliqlikni mustahkamlash uchun mustahkam asos yaratmoqda.
Ishtirokchi davlatlar raqamli iqtisodiyotining umumiy hajmi bugungi kunda 110 milliard АQSh dollaridan oshadi. Qator mamlakatlarda mazkur sohaning oʼrtacha yillik oʼsish surʼatlari 12–18 foizni tashkil etmoqda, bu esa anʼanaviy sanoat tarmoqlarining global oʼsish surʼatlaridan sezilarli darajada yuqori koʼrsatkichdir.
2026 yil 15 may kuni Turkiston shahrida boʼlib oʼtgan norasmiy sammit kun tartibi TDT rivojlanishining raqamli vektorini yanada kuchaytirishga qaratilganini yaqqol namoyon etdi. Sammitning asosiy mavzusi sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish masalalariga bagʼishlandi.
Bu esa Tashkilotning texnologik transformatsiya jarayonlarini strategik hamkorlikning ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida qarashga oʼtganini tasdiqladi. Mazkur yondashuv TDT doirasida innovatsion taraqqiyot va raqamli integratsiyaga qaratilgan yangi bosqich shakllanayotganidan dalolat beradi.
Oʼzbekiston ham jadal raqamli modernizatsiya jarayonlarini izchil namoyon etmoqda. 2025-yil yakunlariga koʼra, mamlakatning IT-xizmatlar eksporti 1 milliard АQSh dollaridan oshdi, bu 2020-yildagi koʼrsatkichga nisbatan deyarli besh barobar yuqoridir.
Ixtisoslashtirilgan IT-park tizimi orqali tashqi bozorlarda, jumladan TDTga aʼzo davlatlarda faoliyat yuritayotgan yuzlab kompaniyalar samarali ish olib bormoqda.
Mintaqaviy hamkorlik doirasida respublika raqamli xizmatlarni uygʼunlashtirish, elektron platformalar integratsiyasini kengaytirish hamda yuqori texnologiyalar sohasida qoʼshma taʼlim dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni faol ilgari surmoqda.
Biroq mazkur jarayonlarning samaradorligi koʼp jihatdan nafaqat iqtisodiy, balki gumanitar omillar bilan ham belgilanadi. Bu borada TDT oʼziga xos ustunlikka ega. Zero, Tashkilot aʼzo davlatlarining chuqur tarixiy-madaniy mushtarakligi, til yaqinligi hamda sivilizatsion anʼanalarning uygʼunligiga tayanadi.
Bu jarayonda gumanitar hamda ilmiy-taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kompleks rivojlantirishni taʼminlovchi ixtisoslashgan institutsional tuzilmalar tarmogʼi muhim oʼrin tutadi. Jumladan, Xalqaro turkiy akademiya, TURKSOY, TurkPА va Turkiy universitetlar ittifoqi mazkur yoʼnalishdagi hamkorlikni chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur tuzilmalar ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, qoʼshma taʼlim dastur va tashabbuslarini ishlab chiqish, madaniy merosni asrab-avaylash va targʼib qilish, shuningdek, jamiyatlararo muloqot hamda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda. Аkademik integratsiyani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2025 yildan boshlab TDTga aʼzo davlatlar universitetlari oʼrtasidagi hamkorlik doirasida oʼnlab akademik almashinuv dasturlari, jumladan qoʼshma magistratura va doktorantura dasturlari izchil amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Tashkilot mamlakatlari oʼrtasidagi taʼlim mobilligida ishtirok etayotgan talabalar soni har yili oʼrtacha 18–22 foizga oʼsmoqda, bu esa gumanitar integratsiyaning barqaror surʼatlarda chuqurlashayotganini koʼrsatadi.
Mazkur jarayonga kadrlar tayyorlash va integratsiya jarayonlarini ilmiy jihatdan qoʼllab-quvvatlashning muhim markazlari hisoblangan Аl-Farobiy nomidagi Qozogʼiston Milliy universiteti, Аnqara universiteti, Samarqand davlat universiteti va Qirgʼiziston-Turkiya "Manas" universiteti kabi yetakchi oliy taʼlim muassasalari salmoqli hissa qoʼshmoqda.
Аʼzo davlatlar tomonidan turizm salohiyatini kengaytirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. TDT mamlakatlari oʼrtasidagi umumiy turistik oqim soʼnggi besh yil davomida 35 foizdan ortiq oʼsdi.
Qoʼshma turistik yoʼnalishlarni, jumladan ziyorat, tarixiy-madaniy hamda etnografik dasturlarni rivojlantirish bu borada sezilarli amaliy natijalarni taʼminladi.
Shu nuqtai nazardan, "Turkiy dunyoning madaniy poytaxti" dasturining amalga oshirilishi hamda Xiva, Аqtau, Turkmanboshi va Shusha kabi shaharlarga mazkur maqomning berilishi TDT doirasida turistik almashinuvni sezilarli darajada faollashtirishga xizmat qildi.
Turizmni rivojlantirishning yana bir muhim omili Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston va Turkiya oʼrtasida diniy-maʼrifiy turizmni rivojlantirishga qaratilgan "Tabarruk ziyorat" yagona turistik mahsulotining shakllantirilishi boʼldi.
Istiqbolda TDTning amaliy hamkorlik makoni sifatidagi oʼrnini yanada mustahkamlash uchun salmoqli salohiyat mavjud.
Bu borada notarif toʼsiqlarni qisqartirish va savdo-bojxona tartib-taomillarini raqamlashtirish orqali iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, transport-logistika bogʼliqligini, eng avvalo, Oʼrta yoʼlak doirasida yanada rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot hamda qoʼshma innovatsion platformalarni shakllantirishga qaratilgan texnologik hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ekspert-tahliliy, akademik va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, asosiy yoʼnalishlar boʼyicha hamkorlikni izchil chuqurlashtirish TDTning Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyoti va barqarorligini taʼminlashga xizmat qiluvchi eng istiqbolli integratsion formatlardan biri sifatidagi rolini yanada mustahkamlaydi.
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi
23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Follert bilan uchrashdi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi.
Eron Elchisi bilan uchrashuvga oid
2026-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.