Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, qardosh Qozogʻiston xalqining tinch-osoyishta hayoti va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, qardosh Qozogʻiston xalqining tinch-osoyishta hayoti va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Oʻzbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining Turkistondagi norasmiy sammiti hamda mazmunli muzokaralar yuqori darajada tayyorlangani va oʻtkazilgani, ular tufayli ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik yangi surʼat kasb etganini alohida taʼkidladi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzaro manfaatli hamkorlik barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqin yillarda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda, investitsiyaviy faoliyat, shu jumladan, Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi doirasida kengaymoqda, energetika, transport, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalarda istiqbolli loyiha va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Boʻlajak Hukumatlararo komissiya yigʻilishi, Hududlar rahbarlari kengashining birinchi uchrashuvi va boshqa mexanizmlar doirasida yangi iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.
Ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.