Madaniyat va sanʼat fidoyilari sharaflandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28-maydagi farmoni bilan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28-maydagi farmoni bilan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.
Bugun poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari tadbirda soʻzga chiqib, mamlakat qudrati nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlar, balki uning maʼnaviyati, madaniyati, adabiyot va sanʼati bilan ham belgilanishini taʼkidladi.
– Qaysi millatning adabiyoti boy, musiqasi yurakka yaqin, teatri hayotiy, kinosi taʼsirchan, sanʼati jozibador boʻlsa, oʻsha xalqning ovozi dunyoda baland eshitiladi, – dedi Prezident.
Shu maʼnoda, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida inson qalbini tarbiyalaydigan katta maʼnaviy makon yaratilayotgani qayd etildi. Bu borada ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, kreativ soha vakillarining oʻrni beqiyos ekani taʼkidlandi.
Ijod ahlining fidoyi mehnati tufayli jamiyatimizda milliy ruh mustahkamlanayotgani, xalqimiz tafakkuri yuksalayotgani, yoshlar qalbida ezgulik, vatanparvarlik va insonparvarlik tuygʻulari chuqur joy olayotgani alohida qayd etildi.
Davlatimiz rahbari sohaning 167 nafar ilgʻor vakili yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan taʼkidladi. Ular orasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, xalqimizning madaniy, badiiy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga ulkan hissa qoʻshgan yozuvchi va shoirlar, xonanda va sozandalar, raqs ustalari, opera ijrochilari va bastakorlar, teatr, kino va sirk sanʼati namoyandalari, baxshilar va askiyachilar, hunarmand va rassomlar, madaniy meros, muzey va kutubxona xodimlari, ustoz va murabbiylar borligi barchamizga faxr bagʻishlashi e’tirof qilindi.
Shu bilan birga, bugun oramizda boʻlmasa-da, soʻzi, kuy-qoʻshigʻi, ijodi va butun hayoti bilan xalqimiz qalbida mangu yashab kelayotgan adabiyot, madaniyat va sanʼat dargʻalarining muqaddas xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi. Ularning 24 nafari davlat mukofotlari bilan vafotidan soʻng taqdirlandi.
– Yurtimizdagi har bir insonning, hatto ular oʻtib ketgan boʻlsa-da, xizmatlarini munosib eʼtirof etish ham bizning maʼnaviy burchimizdir. Bu ajdodlar xotirasini yuksak qadrlaydigan xalqimizning koʻnglidagi ish boʻldi, – dedi davlatimiz rahbari.
Marosimda Prezidentimiz mukofot sohiblariga faxriy unvonlar, orden va medallarni tantanali ravishda topshirdi.
Davlatimiz rahbari mukofotlanganlarni butun xalqimiz nomidan samimiy tabriklab, yuksak eʼtirof ularni yangi-yangi ijodiy yutuqlarga ilhomlantirishini ishonch bilan taʼkidladi.
Mukofotlanganlar yuksak hurmat va eʼtibor, madaniyat rivoji va ijodkorlarga yaratilayotgan keng sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
O'xshash yangiliklar
Samimiy minnatdorlik
Tavallud kunim munosabati bilan chin dildan tabriklab, samimiy qutlovlar va ezgu tilaklarini yo‘llagan davlat va hukumat boshliqlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar va tadbirkorlarga, turli kasb egalari bo‘lgan barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etaman.
Cho‘lponotada O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Cho‘lpon-Ota shahrida Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston va Qatar yetakchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.