28-30-aprel kunlari «Beauty Uzbekistan – 2026» xalqaro go‘zallik, kosmetologiya va parfyumeriya-kosmetika sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Ko‘rgazmada 12 mamlakatdan 100 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi
Ko‘rgazmada 12 mamlakatdan 100 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi
Shu yil 28-30-aprel kunlari poytaxtimizdagi «CAEx Uzbekistan» ko‘rgazmalar majmuasida «Beauty Uzbekistan – 2026» go‘zallik, kosmetologiya va parfyumeriya-kosmetika sanoatining ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Beauty Uzbekistan – kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari, estetik tibbiyot mutaxassislari, riteyl vakillari, salonlar biznesi va professional parvarish xizmatlarini birlashtirgan professional B2B formatidagi ko‘rgazmadir.
Bu yerda tashrif buyuruvchilar yetakchi brendlar, yangi mahsulotlar va texnologiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishish imkoniga ega bo‘ladi, biznes aloqalarini o‘rnatadi va go‘zallik sanoatidagi asosiy tendensiyalar haqida birinchi bo‘lib xabar topadi.
Joriy yilda ko‘rgazmada 12 mamlakatdan 100 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, BAA, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon, Polsha, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston va Shvetsiya milliy pavilyonlarida go‘zallik sanoatining ilg‘or yechimlari va ushbu davlatlarning eksport salohiyati namoyish etiladi.
Tashkilotchilar maʼlumotiga ko‘ra, ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari:
Beauty Uzbekistan – parfyumeriya va kosmetika sanoatining butun spektrini, jumladan dekorativ va shaxsiy parvarish kosmetikasi, parfyumeriya, shaxsiy gigiyena vositalari va hair-sanoatini taklif etadi.
Beauty Derma Central Asia – estetik tibbiyot, apparat kosmetologiyasi va anti-age parvarishga bag‘ishlangan ixtisoslashgan soha. Ekspozitsiyada klinikalar va mutaxassislar uchun inyeksiya texnikasi, lazerlar va keyingi avlod apparat texnologiyalari kabi zamonaviy yechimlar namoyish etiladi.
Anʼanaga ko‘ra, ko‘rgazmada ixtisoslashtirilgan seminarlar, ekspert sessiyalari va professional muhokamalarni o‘z ichiga olgan biznes dastur o‘tkaziladi.
Dasturning alohida bo‘limlari estetik tibbiyot, balneologiya va kurort sanoatidagi zamonaviy tendensiyalarga, jumladan, estetik tibbiyotga ilmiy yondashuvlarga (CYTOLIFE/“Medtendergrupp”, Rossiya), balneologik uskunalar va gidroterapiya texnologiyalari sohasidagi yechimlarga (“Fiziotexnika”, Rossiya) bag‘ishlanadi.
Parfyumeriya va kosmetika sanoati mutaxassislari hamda maishiy kimyo ishlab chiqaruvchilari uchun Shveysariyaning «LUZI» kompaniyasining xushbo‘y xidlarga bag‘ishlangan sessiya o‘tkaziladi.
«Beauty Uzbekistan – 2026» shunchaki mahsulotlar namoyishi emas – bu biznes, tibbiyot, texnologiyalar va go‘zallik sanoatining zamonaviy tendensiyalari kesishadigan professional platformadir.
Tashkilotchilar – «Iteca Exhibitions» xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori «ICA Eurasia Group» maʼlumot berishicha, ko‘rgazmaga tashrif buyurish istagida bo‘lganlar www.beautypro.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.