O‘zbekiston–Koreya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi Toshkentda bo‘lib o‘tdi
2026-yil 15-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 15-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chun I Xe boshchilik qildi.
Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari hamda ko‘p qirrali hamkorlikning izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Muzokaralar markazida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari bo‘ldi.
Tomonlar savdo hajmini oshirish va transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib oldi.
Maslahatlashuvlar davomida oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi hamda yaqin istiqbolda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, turli darajalardagi bo‘lajak tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.