O‘zbekiston elchisi Lahor shahrida Pokistonning yirik farmatsevtika kompaniyasi rahbari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Lahor shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida «Himont Group» kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Ahmed Siddiqi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Lahor shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida «Himont Group» kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Ahmed Siddiqi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, xususan farmatsevtika sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yo‘nalishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, import qilinayotgan muhim dori vositalarini mahalliylashtirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Pokiston tomoniga O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek, tashkil etilayotgan farmatsevtika klasterlari hamda ulardagi zamonaviy infratuzilma va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Ahmed Siddiqi o‘z navbatida, O‘zbekistonga mustaqillikdan so‘ng bir necha bor tashrif buyurganini, o‘sha davrlarda farmatsevtika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganganini qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, ilk yillarda mavjud infratuzilmaning cheklanganligi sababli mazkur tashabbuslar amalga oshmay qolgan.
«2017- yildan so‘ng O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilganini kuzatmoqdamiz. Mamlakatingizda investorlar uchun ochiq va jozibador muhit yaratilgan. Shu bois, kompaniyamiz O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirishdan manfaatdor», – dedi u.
Shuningdek, kompaniya rahbari O‘zbekiston farmatsevtika bozorini chuqur tahlil qilish, qiymati taxminan 3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan zamonaviy farmatsevtika korxonasini tashkil etish, loyihani teng sherikchilik asosida amalga oshirish uchun mahalliy hamkorlarni jalb qilish taklifini ilgari surdi.
Bundan tashqari, ehtiyoj yuqori bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarish, ilg‘or texnologiyalar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, sohadagi kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida treninglar va maʼruzalar tashkil etish tashabbusi bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalar va bildirilgan takliflarni O‘zbekistonning tegishli davlat idoralari vakillari ishtirokida batafsil ko‘rib chiqish maqsadida onlayn muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldilar.
1994-yilda tashkil etilgan «Himont Group» kompaniyasi farmatsevtika mahsulotlari, jumladan o‘simliklar asosida tayyorlangan dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ayni paytda kompaniya tomonidan 230 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 1995-yilda kompaniya xalqaro GMP sertifikatiga ega bo‘lgan.
O'xshash yangiliklar
Pokistonning yetakchi konsortsiumi Oʼzbekistonda mehmonxona biznesiga investitsiya kiritadi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Khan International Investment Consortium» kompaniyasi bosh direktori Habib Xan bilan muzokara oʼtkazdi.
Islomobodda Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi koʼrib chiqildi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston Bosh vazirining tashqi ishlar boʼyicha maxsus yordamchisi Tariq Fatemi bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi Gurlandagi texnikumga beg‘araz yordam ko‘rsatdi
Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 3-sonli texnikumga O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan 10 dona zamonaviy noutbukdan iborat beg‘araz grant topshirildi.