Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi.
Davlatimiz rahbari “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yoʻl” shiori ostida oʻtadigan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.
Oʻzbekiston yetakchisi jahon iqtisodiyotidagi vaziyat, Oʻzbekiston – Rossiya iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashadi, shuningdek, mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtadi.
Tashrif dasturida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazish hamda yurtimizda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish koʻzda tutilgan.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.