Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon elchisini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-iyun kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-iyun kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari Ozarbayjon elchisining samarali faoliyati hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.
Oliy va boshqa darajalarda jadal muloqotlar yoʻlga qoʻyildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishildi: soʻnggi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi karrasiga oshdi, Ozarbayjon sarmoyasi ishtirokida 280 ta korxona tashkil etildi, Qoʻshma investitsiya kompaniyasi taʼsis qilindi.
Ayni paytda geologiya, qishloq xoʻjaligi, transport, shaharsozlik, toʻqimachilik, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirgan.
Madaniy-gumanitar almashinuv sohasida ham muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari elchi Guseyn Guliyevga Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun “Mehnat shuhrati” ordenini topshirdi.
Elchi, oʻz navbatida, uning diplomatik missiyasiga berilgan yuksak baho hamda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlik rivojini har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani uchun mamlakatimiz yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.