O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakatning rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.
Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali sherikligini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilinadi.
Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
O'xshash yangiliklar
Raqamli taʼlim orqali yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli taʼlim ekotizimini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Marko Rubio va Serjio Gorni davlat mukofotlari bilan taqdirladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorga davlat mukofotlarini topshirdi.
Oʻzbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda Amerika – Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni qabul qildi.