Oʻzbekiston Prezidentining Qozogʻistonga amaliy tashrifi yakuniga yetdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amaliy tashrifi tadbirlari nihoyasiga yetdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amaliy tashrifi tadbirlari nihoyasiga yetdi.
Davlatimiz rahbari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida nutq soʻzladi.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida investitsiya va savdo sohalarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni imzolash marosimi ham boʻlib oʻtdi.
Tadbirlar yakunlangach, mamlakatimiz yetakchisi Ostona xalqaro aeroportidan Toshkentga joʻnab ketdi. Oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.
O'xshash yangiliklar
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.