O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qatar Davlati Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
4-may kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlati Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
4-may kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlati Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Doha shahrida Qatar Davlati Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy Janobi Oliylari bilan samarali uchrashuv oʻtkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Delegatsiyamizga koʻrsatilgan iliq qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdik.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Qatar Amiri, Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari nomiga yoʻllagan samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdik.
Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilib, xususan Yaqin Sharqdagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratdik hamda vaziyatni barqarorlashtirishda muloqot va diplomatiyaning ahamiyatini taʼkidladik.
Shuningdek, strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan O‘zbekiston- Qatar munosabatlarining istiqbollarini koʻrib chiqdik.
Umumiy manfaatlar va oʻzaro ishonchga asoslangan hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilishimizni bildirdik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.